Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.
Davlat huquq asoslari fanidan imtihon oʻtkazish tartibi
Imtihon ishining har bir varianti ikki qismdan iborat boʻlib, 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi.
1-qism 17 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta yoki bir necha son birligi, bosma harf, bosma harf bilan yozilgan soʻz yoki moslashtirilgan jadval koʻrinishida berilishi kerak.
2-qism kengaytirilgan javobli 3 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi. Ularda berilgan savol yoki huquqiy masalaning yechimini asoslash, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari yozilishi kerak.
Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari davlat va huquq asoslari fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning 8-11-sinflar mavzularini qamrab olgan.
Variant 20 ta topshiriqdan iborat boʻlib, ularning 5 tasi bilish, 14 tasi qoʻllash, 1 tasi mulohaza koʻnikmalarini baholaydi. Variant savollariga javob berishi uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.
Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar.