«Konstitutsiya - huquqlarimiz kafolati» mavzusida tarbiyaviy soat dars ishlanmasi + videodars - Ta’lim / Образование

«Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati» mavzusida tarbiyaviy soat dars ishlanmasi + videodars

Ushbu sahifada «Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati» mavzusida tarbiyaviy soat dars ishlanmasi bilan tanishib, yuklab olishingiz mumkin.

Konstitutsiya - huquqlarimiz kafolati mavzusida tarbiyaviy soat dars ishlanmasi videodars

Inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligi jamiyat hayotining farovonligi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar misolida o‘z isbotini topib kelmoqda. Bu o‘rinda har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi qonunlar alohida ahamiyatiga ega.

O‘zbekiston Respublokasi Konstitutsiyasi bosh qomus sifatida xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi va har yili 8-dekabr sanasi butun Respublika bo‘ylab mazkur qonunning qabul qilinganligi e’tirofi sifatida nishonlanishi an’anaga aylangan.



Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z konstitutsiyasiga ega emas. To‘g‘ri, ularda konstitutsiya o‘rnini boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bajarishi mumkinki, konstitutsiya deb atalmish qat’iy belgilab qo‘yilgan qonun-qoidalar majmuasiga ega emas. O‘zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi kishini quvontiradi.

Bilamizki, 8-dekabr sanasini har yili ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish odat tusiga aylangan. Negaki, bu sanada mustaqil O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992-yildan beri bu kun respublikamiz siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda.

конституция

Shu o‘rinda tarixga bir nazar tashlasak:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XII sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekistonda avval ham konstitutsiyalar qabul qilingan edi (1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan). Lekin u konstitutsiyalarda Xalq o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum edi.



Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi” mamlakatimiz yangi konstitutsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘ldi, 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Shunday qilib konstitutsiya loyihasining birinchi nusxasi 1991-yilning uchinchi choragida tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, 6 bo‘lim va 158 moddadan iborat bo‘ldi.

Mukammallik darajasidan anchayin uzoq bo‘lgan konstitutsiya mustaqillikka erishilgandan so‘ng qayta ko‘rilib, 1992-yil bahorda uning 149 moddani o‘z ichiga olgan ikkinchi nusxasi tayyorlandi. Bir qancha muhokamalardan so‘ng konstitutsiyaning uchinchi nusxasi ham ishlab chiqildi. Shu yili konstitutsiya xalq muhokamasi uchun bir necha bor matbuotda e’lon qilindi. Taklif va tavsiyalar, xatlar ko‘rib chiqilib konstitutsiyaning mukammal varianti ishlab chiqildi.

 

 

Konstitutsiya Italiya, Fransiya, Finlyandiya kabi davlatlar konstitutsiyalari tarixini o‘rganib, bizga taalluqli joylari olib tuzildi. Bunda BMTning Xalqaro Inson huquqlari bo‘yicha hujjatlari va boshqa hujjatlardan ham foydalanildi. Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘ydi. Shu bo‘yicha tushgan barcha taklif, mulohazalar o‘rganib chiqilib, Konstitutsiya loyihasiga kiritildi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

 



Leave a Reply