Oʻquvchi dars vaqtida oʻqituvchiga behurmatlik qilsa, qanday chora koʻrish mumkin? Sahifada ushbu savolga batafsil javob olishingiz mumkin.
Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʻllaniladi. Yaʼni,ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi:
— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa,
— bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.