O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan o‘quvchilar uchun Davlat va huquq asoslari fanidan “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” nomli onlayn olimpiada o‘tkaziladi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti xabar berdi.
Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
8-sinf o‘quvchilari uchun — 5-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun — 6-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun — 7-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun — 8-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Onlayn olimpiada soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimi orqali o‘tkaziladi. O‘quvchilarga 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.
Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar onlayn olimpiada yakuniga yetgach 1 kundan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo’ladi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun o‘quvchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart!
O‘quvchilar olimpiadada qatnashishlari uchun ushbu yo‘riqnomadan foydalanishlari maqsadga muvofiq.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.