Attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi? - Ta’lim / Образование

Attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

Attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis-pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinmi? Ushbu savolga quyida javob olishingiz mumkin.

attestatsiya_savollari_2022



Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:

  • navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda (55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa);
  • uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan taqdirda.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis lavozimidagi pedagog navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ikki marta jalb etiladi.



Shuningdek, Nizomga koʻra, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va oʻta olmagan pedagoglarning malaka toifasi tushirilmaydi hamda ularga amaldagi oʻz malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanishida davom etiladi.

Bundan maʼlumki, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball toʻplay olmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga doir hech qanday qonuniy asos mavjud emas.

❗️ Bu muhim: amaldagi tartibga koʻra, faqatgina oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis lavozimidagi pedagoglar majburiy attestatsiya sinovlarida qatnashib undan oʻta olmagan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinishi mumkin.

Bunda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, mazkur pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta qatnashish huquqiga ega.

Mazkur imkoniyatlardan keyin ham pedagogning attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etishi xodim bilan mehnat shartnomasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi.

Boshqa hech bir holatda pedagoglarning attestatsiya sinovlaridagi salbiy natija qayd etishi ularning mehnat shartnomasini bekor qilinishiga asos boʻlmaydi.

 


Leave a Reply