Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak? - Ta’lim / Образование

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan (“qizil”) maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan (“qizil”) maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak? Ushbu maktablarda ishlaydigan o‘qituvchilarga 50% va 100%li qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan qizil maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

Savol: Men Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi maktablarning birida tarix fanidan dars beraman. Men Andijon viloyatidagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan (“qizil”) maktablardan biriga borib ishlamoqchiman. Bu uchun kimga murojaat qilishim kerak bo‘ladi? (T.M.X)

Javob: Nizomning 13-bandi: Boshqa hududlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan vakant soatlar bo‘yicha 15 maydan 25 iyulga qadar umumta’lim maktabi direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qiladi.





Nizomning 14-bandi: O‘qituvchi-pedagoglar ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

— mutaxassisligi, dars beradigan fanini ko‘rsatgan holda direktor nomiga ariza;

— doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma — obyektivka;

Oliy Yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.



Nizomning 16-bandi: Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.

Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.

Nizomning 17-bandi: Ishchi guruh murojaat etgan o‘qituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.



Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzodlar bo‘lgan taqdirda, ular kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.

Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktab har yili 5 avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va suhbat natijalariga ko‘ra saralangan o‘qituvchi-pedagoglar haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.



P.S. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar:

— tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

— dars berayotgan fani bo‘yicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi;

— boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan bo‘lishi;

— amalda faoliyat yuritayotgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatida mavjud bo‘lmasligi talab etiladi.

manba



Leave a Reply