1 maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi - Energetika vazirligi - Ta’lim / Образование

1 maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi – Energetika vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, energoresurslar uchun oldindan pul to‘lab qo‘ygan mijozlar tarif o‘zgargan taqdirda ham, 2 oy davomida eski tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

nafaqa_posobie_bola-puli

Agar 1 maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Yangi qoidaga ko‘ra, 1 maydan boshlab, aholi energoresurslar uchun ijtimoiy norma asosida tabaqalashtirilgan tartibda haq to‘lay boshlashi kerak.

 

 

Ammo, Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” haqidagi qaroriga bilan maishiy iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

“Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 102-bandiga ko‘ra “Tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinishi belgilangan. 1 mayga qadar to‘lov qilgan haqdor abonentlarga 2 oy muddat mobaynida eski tarif qoidalari amal qiladi.

 

 

Masalan, siz elektr energiyasi uchun 30 aprel sanasida 1 million 100 ming so‘m to‘lab qo‘ysangiz va may oyida 1 000 kVt·soat elektr energiyasi yoqsangiz, sizning shaxsiy hisob raqamingizdan 200 kVt·soat uchun 59 ming so‘m (295 so‘mdan), 800 kVt·soat uchun esa 472 ming so‘m (590 so‘mdan), jami 531 ming so‘m yechib olinadi. Iyun oyida xuddi shu tartib davom etadi.

1 iyul holatiga 38 ming so‘m pul bilan o‘tasiz hamda shu kundan e’tiboran 1 kVt·soat uchun sizdan 450 so‘m yechib olina boshlaydi.

Ammo qarzdor yoki may oyining boshidayoq shaxsiy hisob raqamida mablag‘i tugab, yangi to‘lovni amalga oshirishga majbur bo‘lgan abonentlar uchun tarif o‘zgaradi hamda ular yangi to‘lov bilan tegishli ravishda 450/650 – 1000/1500 so‘mdan haq to‘lashni boshlaydilar.