Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi - Ta’lim / Образование

Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (26.08.2025 №312 ) qabul qilindi.

Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Mazkur buyruqning 1-ilovada koʻrsatilgan maktablarda 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf oʻquvchilari uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi.



Shuningdek, ushbu buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:

2-ilova –– Oʻzbek tilida taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 2a-ilova;

3-ilova –– Rus tilida taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 3a-ilova;

4-ilova –– Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 4a-ilova;

5-ilova –– Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun ikkinchi namunadagi oʻquv reja ikkinchi namunadagi oʻquv rejaga tushuntirish xati 5a-ilovaga.



📌Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari pedagogik sinflar tashkil etilgan maktablarda dars mashgʻulotlarini olib borish uchun 2 nafardan professor-oʻqituvchilar biriktirish choralari koʻradi.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.