Chekka hududlardagi xususiy o‘quv markazlari uchun davlatdan subsidiya! - Ta’lim / Образование

Chekka hududlardagi xususiy o‘quv markazlari uchun davlatdan subsidiya!

Endi chekka va olis hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘quv markazi xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplatib olishlari mumkin.

Chekka hududlardagi xususiy o‘quv markazlari uchun davlatdan subsidiya!

My.gov.uz orqali nodavlat ta’lim tashkilotlari rahbarlari quyidagi xarajatlar uchun subsidiya olishga ariza topshirishlari mumkin:

— Bino va inshootlarning ijara to‘lovi;

— O‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan jihozlar (mebel, kompyuter va boshqalar) uchun to’lov.



Mazkur xizmatdan quyidagi yo‘nalishlarda dars o‘tadigan xususiy markazlar foydalanishi mumkin:

— Xorijiy tillar va fanlar;

— Axborot texnologiyalari (IT);

— Madaniyat, san’at va sport.


Asosiy talablar:

— Markaz qishloq joyida (chekka va olis hududda) joylashgan bo‘lishi;

— O‘quvchilarning kamida 20 foizi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari bo‘lishi;

— Amaldagi litsenziya mavjudligi.



❗️Mazkur yordam turi BHMning 50 baravarigacha (bir martalik) miqdorda ajratiladi.

⏱ Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni.

Hujjatlarni uyda o‘tirgan holda, ortiqcha qog‘ozbozliksiz quyidagi havola orqali rasmiylashtirish mimkin.