Yangi oʻquv yilidan davomat inson omilisiz yuritiladi - Ta’lim / Образование

Yangi oʻquv yilidan davomat inson omilisiz yuritiladi

2025- yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari oʻrnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi.


Yangi oʻquv yilidan davomat inson omilisiz yuritiladi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududining xavfsizligini taʼminlash, oʻquvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida “Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinadi. Bu haqda “2022–2026 yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur”da nazarda tutilgan.



2024-yil 1-yanvariga kadar “Xavfsiz maktab” loyihasi kamida 130 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasasida joriy etiladi.

2025-yilning 1-senyabrga kadar “Xavfsiz maktab” loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy etiladi.