Malaka test sinovlari (attestatsiya) oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi - Ta’lim / Образование

Malaka test sinovlari (attestatsiya) oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning avgust-dekabr oylarida malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

attestatsiya-2021_230

Malaka test sinovlari (attestatsiya) oʻtkazish joylari bilan tanishing:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

Buxoro viloyati: Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlogʻi, 165-uy)



Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)

Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-umumtaʼlim maktabi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)



Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabi (Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy koʻchasi, 19-uy)

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-umumtaʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)



Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi, “Mevazor” MFY, Quvonch koʻchasi, 111-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)