O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun kimlardandir ruxsat olish shartmi? - Ta’lim / Образование

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun kimlardandir ruxsat olish shartmi?

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun kimlardandir ruxsat olish shartmi? Ushbu savolga batafsil javob berildi.

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun kimlardandir ruxsat olish shartmi?

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun kimlardandir ruxsat olish shartmi?

Savol: Sinf rahbariman. Yaqinda o‘quv yili ham yakunlanadi. O‘quvchilarim aylangani boraylik deb qo‘yishmayapti. Keyingi haftaga avtobus gaplashib bolalarni sayohatga olib chiqib ketayotgandim.

Ammo, direktorimiz tanbeh berib, avval bu haqda mas’ullarni ogohlantirishimiz kerak deyapti. Savolim shundan iboratki, o‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun mas’ullardan ruxsat olishimiz shartmi? Axir bu bolalar va ota-onalarning roziligi bilan bo‘lyaptiku.



Javob: Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada “O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar” belgilangan.

Ushbu yo‘riqnomaning 40-bandi, 2-xatboshiga ko‘ra bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati jo‘nab ketish sanasini, yo‘nalishni va jo‘nab ketuvchilar sonini ko‘rsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) MMTBga murojaat qilishi lozim.

Bunda ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jo‘nab ketishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, qoidaga ko‘ra, jo‘nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.



Jo‘nab ketish uchun tuman (shahar) MMTBning ruxsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jo‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo‘lini, shuningdek, barcha yo‘lovchilar ro‘yxatini, avtobuslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib, hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.



Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan bolalarga hamrohlik qilish uchun maxsus xodimlar ajratilgan holda ekskursiya yoki turistik sayohatlar tashkil etilishi mumkin.

Xullas, bolalarni sayohatga olib borish uchun bir qancha amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Maktab o‘quvchilarini o‘zboshimchalik bilan ekskursiya yoki turistik sayohatlarga olib borish esa javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu masalada o‘ta xushyor bo‘lish talab etiladi.