Ona tili va tarix o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi - Ta’lim / Образование

Ona tili va tarix o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Milliy sertifikatga ega ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Ustama to‘lash 2025 yil 1 yanvardan boshlanadi. Tegishli qaror loyihasida bu 2024/25 o‘quv yili boshidan, ya’ni 2024 yil sentabrdan boshlanishi ko‘zda tutilgandi.

Ona tili va tarix o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab qator pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.



Bunda, ustama Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchilarga to‘lanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejyerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etilishi belgilandi. Direktor har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.