Bundan bir oy oldin “Oylikbot” o‘rniga “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edik.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ish haqi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi “Oylikbot” o‘rniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay bo‘lgan “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.
Endilikda “Moliyachi” ilovasi orqali o’zingizning lavozimingiz, ishlagan kunlaringiz va soatlaringizni ko’rish imkoniyati joriy qilindi.
Mazkur dastur ishga tushirilgandan so‘ng, xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur ma’lumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Byudjet tashkilotlari xodimlari uchun oylik ish haqlari haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi «Moliyachi» mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab oling: