Hozirgi kunda istе’molchilar uchun elektr energiya qarzdorlikni tekshirish judayam mavzu hisoblanadi. Sahifada iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, toʻlov miqdorini bilish usullarini koʻrib chiqamiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali login va parolni kiritgan holda shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar to‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Elektr energiya “Shaxsiy kabinet” ga brauzer orqali kirish
Istе’molchilar shaxsiy hisob raqamiga oid ma’lumotlarni bilish uchun oldindan mobil aloqa raqami turar joyidagi elektr ta’minoti korxonasi yoki bank kassalari orqali tizimga ulangan bo‘lishi hamda telefon raqamiga “Shaxsiy kabinet” ga kirish uchun login ko‘rsatilgan SMS-xabar taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun tizimga ulangan mobil raqamingizdan “P” harfini 2100 qisqa raqamiga SMS-xabar ko‘rinishida yuboring va parolga ega bo‘ling.
Shuningdek, 2100 qisqa raqamiga “D” harfini SMS-xabar ko‘rinishda yuborib, bugungi kundagi mavjud qarzingiz haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Elektr energiya “Shaxsiy kabinet” ga mobil ilova orqali kirish
Elektr energiyasi istе’molchilari shaxsiy hisob raqamiga oid ma’lumotlarni bilish uchun Google Play Market orqali HET Billing Mobile ilovasini yuklab olishlari kerak bo‘ladi. Brauzerdan farqli o‘laroq mobil telefonlarda shaxsiy kabinetni boshqarish ancha qulay: elektr energiyasi uchun to‘lov qilinganda hisobingiz bir zumda yangilanadi.
Foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yana bir bor eslatib o‘tadi.