Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi? - Ta’lim / Образование

Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi?

Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi? Sahifada ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi?

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentining 9-bandi:



Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

— fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

— magistr darajasiga ega mutaxassislar;

— pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar.



Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:

— homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

— pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);

— uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

— uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.



Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori

manba