Maktablarda yangi lavozim joriy qilinadi - Ta’lim / Образование

Maktablarda yangi lavozim joriy qilinadi

Maktablarda “Maktab maslahatchisi” lavozimi joriy qilinadi.

В школах Узбекистана введут новую должность

Ular 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.



“Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi vertikal tizimini joriy etish hamda o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shunday lavozim bo‘lishi ta’kidlandi. Maslahatchilar o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklarini tashkil qiladi.

Uning maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Maktablarda o‘quvchilarning portfolio bazasi shakllantiriladigan erp.portfolio platformasi yaratiladi. U maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi hamda 2028–2029 o‘quv yilidan maktab shahodatnomalarida qayd etiladi.



Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.