1-oktyabr munosabati bilan o‘qituvchilarga 75 foizgacha mukofot puli beriladi - Ta’lim / Образование

1-oktyabr munosabati bilan o‘qituvchilarga 75 foizgacha mukofot puli beriladi

O‘zbekistonda 1-oktyabr munosabati bilan o‘qituvchilar va barcha maktab xodimlariga mukofot beriladi.

1-oktyabr munosabati bilan o‘qituvchilarga 75 foizgacha mukofot puli beriladi

Prezidentning 2025-yil mart oyidagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish kiritilgandi.



Unga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.

Bunda, barcha xodimlar (jumladan, yangi ishga qabul qilinganlar ham) mukofotlanishi mumkin.



Ma’lumot uchun, yangi o‘zgarishdagi -gacha qo‘shimchasi maksimal chegarani anglatadi, lekin bu hamma xodimlar 75 foiz mukofot oladi, degani emas. Qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilishi mumkin. Direktor jamg‘armasida qancha pul borligiga qarab, mukofot miqdorlari farq qiladi, barcha maktabda o‘qituvchilar bir xil mukofot olmasligi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada 12-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshliqlariga ko‘rsatma xati yo‘llagan.

1-oktyabr munosabati bilan o‘qituvchilarga 75 foizgacha mukofot puli beriladi