B2 sertifikati yoʻq xorijiy tili oʻqituvchilariga 1- va 2-chorakda ishlashga ruxsat berildi - Ta’lim / Образование

B2 sertifikati yoʻq xorijiy tili oʻqituvchilariga 1- va 2-chorakda ishlashga ruxsat berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 15-sentyabrdagi “Xorijiy til o‘qituvchilarining belgilangan talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lishlariga doir zaruriy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 340-son buyrugʻi qabul qilindi.

B2 sertifikati yoʻq xorijiy tili oʻqituvchilariga 1- va 2-chorakda ishlashga ruxsat berildi

Unga ko’ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha xorijit til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo’lishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bo’lmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy o‘quv yilining 1-2-choraklari davomida) o’z mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat beriladi.



Talab darajasidagi sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar sertifikatlarining amal qilish muddati o‘quv yili davomida tugaydigan bo‘lsa, bu toifadagi o’qituvchilarga o’quv yili so’ngiga qadar ishlash imkoniyatini beriladi. Muddatsiz sertifikatlar uchun amal qilish muddati sertifikat olingan kundan boshlab 3 yilgacha ekanligini inobatga olinadi.

Joriy oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vakant lavozimlarga oliygohlarda xorijiy tillar oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan hamda talab darajasidagi sertifikatga ega 3-4-kurs talabalari orasidan kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.



Shuningdek, joriy yilning 1-dekabriga qadar sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari uchun qoʻshimcha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.

ingliz_tili_oqituvchisi_230
ingliz_tili_oqituvchisi_230