Xabaringiz bor, joriy yilning 21-oktabridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan vaqt davomida malaka toifa sinovlari boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlum sabablarga koʻra, mazkur sinov kunlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan:
— 29-oktabr kuni kimyo, fizika fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari — 12-noyabrda (1 kun);
— 11-12-noyabr kunlari qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari — 13-14-noyabrda (2 kun) oʻtkazilishi belgilandi.





