Ushbu sahifada fan olimpiadasining II – bosqichi, ya’ni tuman/shahar olimpiadasi uchun namunaviy test savollarini yuklab olishingiz mumkin.
Fanlar olimpiadasi mamlakatimizda Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlarida 2 va 3 kurs o‘quvchilari orasida 4 bosqichda (AL va KHKlari, tuman, viloyat va respublika) hamda umumta’lim maktablarining 9-10-11 sinf o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha 3 bosqichda (maktab, tuman va viloyat) amalga oshiriladi.
Ushbu olimpiadalar turli fan sohalarida eng iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, barcha xohlovchi o‘quvchilarga muayyan fan sohasidagi bilimlarini bellashuv sharoitida sinab ko‘rish imkoniyatini yaratish hamda o‘quvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
Fanlar olimpiadasida Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika (viloyat) olimpiada g‘oliblari aniqlanib, xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilari tanlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-sonli qaroriga asosan asosiy fan olimpiadasining o‘tkazish bosqichlari quyidagicha etib belgilangan.
• 1-bosqich — sentyabr oyida, maktab bosqichi;
• 2-bosqich — oktyabr oyida, tuman (shahar) bosqichi;
• 3-bosqich — noyabr oyida, viloyat bosqichi;
• 4-bosqich — aprel-may oylarida, respublika bosqichi.
Fan olimpiadasi tuman/shahar bosqichi savollari (2025)





