Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi? - Ta’lim / Образование

Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi?

Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi? Chegirma kimlarga beriladi? Sahifada shu savollarga javob topishingiz mimkin.

Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi?

Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi. Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.



Chegirmadan qanday foydalaniladi?

1. Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.

2. Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

3. Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.



Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi?

Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
30 foizi — chegirma;
70 foizi — talabaning to‘lovi.

Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.

70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1-usul — summani to‘liq to‘lash.

Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.

2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.

2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.

3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.

Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.


Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi?

Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.


Arizalar qachon topshiriladi?

Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda.

Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

manba