Maktab oʻquvchilaridan imtihon olishning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda - Ta’lim / Образование

Maktab oʻquvchilaridan imtihon olishning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda

Ta’lim va ilm-fan vazirligi maktab oʻquvchilarining bilimini baholash va imtihon olishning yangi tartibi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish uchun anonim soʻrovnoma oʻtkazmoqda.

Maktab oʻquvchilaridan imtihon olishning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda

Taklif etilayotgan yangi tartibga koʻra:

4-sinfda oʻqish, matematika va tabiiy fanlardan diagnostik test oʻtkaziladi. Natijaga koʻra baho qoʻyilmaydi va u oʻquvchining keyingi sinfga oʻtishiga ta’sir qilmaydi;


7-sinfda oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlari va mantiqiy fikrlashini aniqlashga qaratilgan diagnostika oʻtkaziladi. Uning natijasi tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi;

9-sinfda asosiy davlat imtihoni oʻtkaziladi. Uning natijasi shahodatnomaga baho sifatida kiritiladi hamda akademik litsey yoki texnikumga kirishda hisobga olinadi. Shu bilan birga, oʻquvchining maktabda 10-sinfda oʻqishni davom ettirish huquqi saqlanib qoladi;

11-sinfda yagona davlat imtihoni oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu imtihon maktabni bitirish hamda oliy ta’lim yoki texnikumga kirish uchun umumiy imtihon boʻlishi koʻzda tutilgan.

Yangi tartibni 2027/2028-oʻquv yili yakunida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etish rejalashtirilgan. Sinov natijalari oʻquvchilarning ta’lim muassasalariga kirishiga ta’sir qilmaydi.

2028/2029-oʻquv yili yakunidan boshlab esa yangi tartibni barcha hududlarda joriy etish koʻzda tutilmoqda.

👉 Soʻrovnomada ishtirok etish