Prezident maktablariga kirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi? - Ta’lim / Образование

Prezident maktablariga kirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Prezident maktablariga kirish uchun qanday xujjatlar talab etiladi? Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining bergan xabariga ko‘ra, talabgor bir necha xujjatlarni taqdim etishi zarur.

Bular:

  1. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (kinder pasport) nusxasi;
  2. Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (talabgor ta’lim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi);
  3. 3×4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
  4. Baholar tabelining nusxasi (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan o‘quv yili natijasiga ko‘ra);
  5. Talabgor hamda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar fuqarolik pasporti ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili).


Prezident maktabiga xujjat topshirish jarayonida xujjatlar quyidagi hollarda rad etiladi:

  • Belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
  • Talabgor o‘quv yili natijasiga ko‘ra mazkur tartibda ko‘rsatilgan fanlarni a’lo baholarga tugatmagan bo‘lsa;
  • Talabgor ta’lim olayotgan maktabning bududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
  • Hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
  • Taqdini etilgan xujjatlarning yozuvi, imlodagi yozuvlar sifatsiz holda nusxalangan bo‘lsa;
  • Chet el fuqarosi bo‘lsa;
  • Umumta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan va Prezident maktabida xuddi shunday sinfida takroran o‘qish istagida bo‘lsa xujjatlar rad etiladi.

❗️Diqqat
— Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim!

 


Leave a Reply