Abituriyent – 2024: kimlar test sinovlari uchun to‘lov pulidan ozod qilinadi? - Ta’lim / Образование

Abituriyent – 2024: kimlar test sinovlari uchun to‘lov pulidan ozod qilinadi?

Kimlar test sinovlari uchun to‘lov pulidan ozod qilinadi? Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati javob berdi.

Abituriyent – 2024: kimlar test sinovlari uchun to‘lov pulidan ozod qilinadi?

Savol: Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlardan to‘lov undirilmaydi?

Javob: Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.



Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

— test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
nogironligi bo‘lgan shaxslar;

— to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.



To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.



Leave a Reply