Bakalavriat sinovlari uchun test topshiriqlari soni va fanlar ro‘yxati e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

Bakalavriat sinovlari uchun test topshiriqlari soni va fanlar ro‘yxati e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari e’lon qilindi.

Bakalavriat sinovlari uchun test topshiriqlari soni va fanlar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).



Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

— Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;

— Matematika x 10 ta;

— O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.



Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

— 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball

— 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida

 



Leave a Reply