Guruhlar qo‘shib o‘qitilganida qo‘shimcha haq to‘lanadimi? Sahifada ushbusavolga javob topasiz.
Savol: Men Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10 son umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisiman (dekret ta’tilidagi o‘qituvchi o‘rnida o‘rindosh sifatida). Toifam mutaxassis. Men va yana bitta hamkasbim 3 oydan beri uchinchi informatika fani o‘qituvchisining 20 soat darsini qo‘shib o‘tamiz. Bu holatda bizga haq to‘lanadimi? To‘lansa qanday tartibda to‘lanadi? Javob uchun oldindan raxmat! (R.M.E.)
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-son qarori bilan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizom 22-band bilan to‘ldirildi.
Ushbu bandga ko‘ra bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
Demak, endilikda darslar bo‘lib o‘tiladigan fanlardan dars o‘tadigan o‘qituvchi vaqtincha yo‘q bo‘lgan vaqtda uning guruhini o‘ziga qo‘shib o‘tgan o‘qituvchiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.