2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
Talabgorlar o‘z natijalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
- 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
- 65 – 69,9 ball — A daraja;
- 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
- 55 – 59,9 ball — B daraja;
- 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
- 46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.