Ingliz tili grammatikasi (G'apporov M., Qosimova R.)(PDF) - Ta’lim / Образование

Ingliz tili grammatikasi (G’apporov M., Qosimova R.)(PDF)

Ushbu sahifada Ingliz tili grammatikasi qoʻllanmasini yuklab olishingiz mumkin.

Ingliz tili grammatikasi (G'apporov M., R. Qosimova)(PDF)

Ingliz tili mutaxassislari tomonidan yaratilgan ushbu qoʻllanma koʻp yillik tajribalar asosida hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tayyorlangan. Mazkur qoʻllanma hozirgi zamon ingliz tili grammatikasining barcha boʻlimlarini qamrab olgan. Qoʻllanma oʻzining sodda va ravon tili, qulay dizayni, eng asosiysi, grammatikaning barcha boʻlimlari haqida juda chuqur, keng koʻlamli, gʻoyatda puxta maʼlumot berishi bilan shu kunga qadar yaratilgan boshqa barcha qoʻllanmalardan tubdan farq qiladi.



Ushbu qoʻllanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan tashqari ingliz tilini mustaqil o‘rganuvchilar, oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrayotganlar va hatto oliy oʻquv yurtlarining talabalari ham unumli foydalanishlari mumkin.

Mualliflar har bir grammatik birlik, har bir qoida ustida alohida toʻxtalib oʻtib, batafsil maʼlumot berganlarki, bu ingliz tili grammatikasini chuqur oʻrganish hamda test topshiriqlarini osonlik bilan ishlash ishtiyoqidagi oʻquvchilar uchun ayni muddaodir.



Foydalanuvchining imkoniyatlari hisobga olingan holda asosiy grammatik qoidalar bayoni oʻzbek tilida berilgan va eng murakkab holatlar va strukturalar soddalik bilan tushuntirilganki, bu qoʻllanmadan foydalanishni osonlashtiradi va oʻquvchiga oʻqituvchi yordamisiz mustaqil tarzda ham qoʻllanmadan foydalanish imkonini beradi.



Ingliz tili grammatikasi (G’apporov M., Qosimova R.)(PDF)

Janr / bo‘lim: Til va lingvistika, O´quv va metodik qo´llanmalar
Muallif: Muhammad G’apporov, Robiya Qosimova
Nashr yili: 2010
Tili: O’zbek (lotin)
Betlar: 336
Fayl turi: PDF