Chet tili imtihon sanalari - Ta’lim / Образование

Chet tili imtihon sanalari

2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihon sanalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

chet tili sertifikati


Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi).

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.


Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan tanishing:


Sentyabr oyida

Tillar: ingliz tili, arab, turk, nemis tili, fransuz tili
Ro‘yxatga olish: 15-29 avgust (2026)
To‘lov qilish: 30-avgustgacha (2026)
Test sinovi: 13-15 sentyabr (2026)

даты экзаменов по иностранным языкам

Oktyabr oyida

Tillar: ingliz tili, arab, turk, koreys, nemis tili, fransuz tili
Ro‘yxatga olish: 11-25 sentyabr (2026)
To‘lov qilish: 26-sentyabrgacha (2026)
Test sinovi: 10-12 oktyabr (2026)


Noyabr oyida

Tillar: ingliz tili, arab, turk, ispan, xitoy, urdu, italyan, fors, nemis, fransuz tili
Roʻyxatga olish: 10-24 oktyabr (2026)
Toʻlov qilish: 25-oktyabrgacha (2026)
Test sinovi: 8-10 noyabr (2026)


Dekabr oyida

Tillar: ingliz tili, arab, turk, yapon, uygʻur, dariy, pushtu, hindi, nemis tili, fransuz tili
Roʻyxatga olish: 13-27 noyabr (2026)
Toʻlov qilish: 28-noyabrgacha (2026)
Test sinovi: 12-14 dekabr (2026)


Nogironligi bo’lgan talabgorlar uchun imtihonlar elektron shaklda

Sentyabr oyida

Tillar: ingliz, nemis, fransuz, arab, turk tillarida
Roʻyxatga olish: 19-avgust – 2-sentyabr
Toʻlov qilish: 3-sentyabrgacha
Test sinovi: 17-sentyabr

Noyabr oyida

Roʻyxatga olish: 15-oktyabr – 29-oktyabr
Toʻlov qilish: 30-oktyabrgacha
Test sinovi: 13-noyabr


Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.