Maktabning chet tillarini o‘rganish xonasida qanday jihozlar bo‘lishi kerak?
Qonunchilikka muvofiq, maktablarning 1 – 4 sinf chet tillarini o‘rganish xonasida quyidagi jihozlar bo‘lishi lozim:
— o‘qituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
— ovoz chiqargich (dinamik);
— optik sichqoncha;
— videoproyektor;
— proyektor uchun ekran;
— kompyuter uchun TV-tyuner.
✅ Shuningdek, quyidagi qo‘shimcha uskunalar:
— statsionar DVD-magnitola;
— o‘quv ko‘rgazmali qurollar (lug‘at, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda o‘zbek xalq ertaklari);
— elektron doska.