Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra:
imtihonning yozma qismi — 14-15-16-fevral kunlari;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 16-fevraldan 6-martgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
📌 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi: geolokatsiya.





