“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi boshlanmoqda - Ta’lim / Образование

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi boshlanmoqda

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi joriy yilning 28-30-iyul kunlari o‘tkaziladi. Unda respublikamizning 208 ta tuman va shahridan kelgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etadi.

Yil o‘qituvchisi tanlovining uchinchi bosqichi boshlanmoqda

Mazkur bosqichda jami 208 nafar ustoz tanlovda g‘olib bo‘ladi va ularning har biri Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 1400 baravari (576 million 800 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.



Uchinchi bosqichda nomzodlar jami 100 ballik tizimda, quyidagi 2 ta yoʻnalish bo’yicha baholanadi:

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat (20 ball) — nomzodning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati hamda tashabbuslari yuzasidan taqdimoti e’tiborga olinadi;

Kitobxonlik bo‘yicha test sinovi (80 ball) — ushbu qism tasdiqlangan adabiyotlar asosidagi 40 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun: Uchinchi bosqich qaysi adabiyotlar ro‘yxati asosida o‘tkazilishi vazirlikning rasmiy kanali orqali xabar berilgan edi.