2025 yil 24 iyul — test sinovlari respublikaning barcha hududlarida, 25 iyul — Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.
Test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi:
Birinchi smena — soat 09:00;
Ikkinchi smena — soat 15:00.
Eslatma: Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi.
Sinov o‘tkaziladigan manzil ruxsatnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi.