“Yil oʻqituvchisi” tanlovining 2-bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi - Ta’lim / Образование

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining 2-bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi.

2026-yil uchun Yil oʻqituvchisi tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi

Unga koʻra, jarayonalar 10 ta mezon asosida hamda ularning har biri Hakamlar hayʼati tomonidan 6 balldan (maksimal 60 ball), pedagoglarning ovoz berish yoʻli orqali 4 balldan (maksimal 40 ball) baholanadi (jami: maksimal 100 ball).



Baholash mezonlari quyidagilardan iborat:

— Dars maqsadlarining toʻgʻri qoʻyilishi va ularga erishilganligi;

— Dars tuzilishi, izchilligi va vaqtning toʻgʻri taqsimlanganligi;

— Oʻquv-metodik taʼminot, AKT va interaktiv vositalardan foydalanilganligi;

— Zamonaviy pedagogik usullar va noanʼanaviy yondashuvlar (5E, 3S+1E, inquiry-based, problem-based, project-based, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim) dars mavzusi, maqsadlari, oʻquvchilar auditoriyasiga mos va samarali tarzda qoʻllanilganligi;

— Mavzuni tushunarli, mantiqiy va ravon bayon etilganligi;

— Misollar keltirish, real hayot bilan bogʻlash va amaliy faoliyatni namoyon etilganligi;



— Oʻquvchilar faolligini boshqarish, diqqatini jalb qilish va teng imkoniyatlarni taʼminlash;

— Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish;

— Oʻquv muhitini xavfsiz va ijobiy ruhda tashkil etish, tarbiyaviy komponentlarning mavzu mazmuniga singdirilganligi;

— Baholash usullaridan foydalanish va doimiy konstruktiv qayta aloqani (feedback) taʼminlanganligi.

📌 Maʼlumot uchun: “Yil oʻqituvchisi” tanlovi Tashkiliy qoʻmitasining qaroriga asosan, tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-fevral kuni belgilangan umumtaʼlim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan.


Quyida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichida nomzodlarning sinov darslari oʻtkaziladigan maktablar va ularga biriktirilgan tuman (shahar)lar roʻyxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Tanlov ishtirokchilari ushbu roʻyxat asosida oʻz tuman (shahar) hududi qaysi maktabga biriktirilganligi va shu maktab dars jadvali orqali tegishli fan boʻyicha qaysi mavzularga tayyorlanib borishlari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari mumkin.