Ushbu sahifada Geografiya fanidan yozuvsiz xaritalarni yuklab olishingiz mumkin.
Yozuvsiz xarita — blank ko‘rinishidagi, ko‘pincha yozuvsiz xolda chop etiladigan koordinativ setka shakldagi xarita bo‘lib, geografiya, tarix va astronomiya fanlari bo‘yicha turli vazifalar; davlatlar, qit’alar joylashuvi haqidagi bilimlarni mustahkamlash maqsadida ishlatiladi. Kontur xaritalar dars davomida tarqatma material shaklida tarqatilishi yoki mavzuni mustaxkamlash uchun uyga vazifa qilib berilishi mumkin.
Yozuvsiz xaritalar bilan ishlash
Maktab geografiya kurslarining barchasida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash alohida ahamiyatga ega. Yozuvsiz xaritalar bilan ishlashga o‘qituvchi o‘quvchilarni dastlabki geografiya darsidan o‘rgatib borishi zarur. Geografiyadan o‘tkaziladigan musobaqalarda yozuvsiz xaritalar bilan ishlash alohida mashg‘ulot turi bo‘lib, unda 50 ballik baholanishi, bu mashg‘ulotning geografiya ta‘limidagi ahamiyatini belgilaydi.
O‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlay olish malakalarini rivojlantirish uchun uning qoidalarini to‘g‘ri anglab olishlari muhimdir. Odatda yozuvsiz xaritalar dars va uyga vazifani bajarish sharoitida ma’lum geografik ob’yektni yozuvsiz xaritaga tushirish geografik atlasga qarab amalga oshiriladi.
O‘quvchidan atlasga qarab emas, balki yoddan ob’yektlarni joylashtirish talab etiladi. Shuni hisobga olib geografiya o‘qituvchilari darsda va uyga vazifani bajarish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil geografik atlasdan foydalanmasdan yozuvsiz xaritalarni to‘ldirish malakalarini shakllantirishlari talab etiladi. O‘quvchilar quyida beriladigan yozuvsiz xaritalar bilan ishlash qoidalarini puxta o‘zlashtirishlari lozim.