14 mart kuni dunyoda eng noodatiy bayramlardan biri – Xalqaro «Pi» kuni (International Pi Day) nishonlanadi.
Ushbu kun birinchi marta 1988 yilda San-Fransiskodagi Exploratorium ilmiy-ommabop muzeyida (San Francisco Exploratorium) nishonlangan. Bu norasmiy bayram bir yil oldin san-fransiskolik fizik olim Larri Shou tomonidan ixtiro qilingan. U sanada (oy) 14 mart kuni – 3/14 – π = 3.14 raqamining birinchi raqamlariga to‘g‘ri kelishiga e’tibor bergan…
Biz bu noodatiy raqamni maktabning boshlang‘ich sinflarida aylanani o‘rganishni boshlaganimizda uchratamiz. π soni aylana uzunligining diametriga nisbatidir. Aylana uzunligi, doira yuzi, aylanma jismlar hajmini hisoblashda qo‘llaniladi. Raqamlar shaklida π 3,141592… deb boshlanadi va cheksiz matematik davomiylikka ega.
Kundalik hayotda ixchamlashtirilgan tarzda 3,14 deb yoziladi. Nimaga aynan 14 martda nishonlanishi shu ko‘rinishiga bog‘liq ekanligi payqash qiyin emas.
“Pi” soni mayda bo‘lishiga qaramay, sirli ko‘rinadi, bu sonning o‘nli qismida takrorlanish yo‘q. Ya’ni, verguldan keyingi son belgilari cheksiz. Shu sababli “Pi” soni bilan juda ko‘p sirlar yashirindir. “Pi” soni — bu sonlar ko‘rinishida yozib olingan tartibsizlik deya hisoblaydi. Darvoqe, “Pi” sonidagi barcha raqamlarni yod olish uchun olimlar she’rlar va 3,14 sonidan keyingi raqamlarni hisoblab chiqaruvchi turli xil ko‘rsatgichlar o‘ylab topishgan.
E’tiborli jihati, ushbu kunda nisbiylik nazariyasi yaratuvchisi Albert Eynshteyn tug‘ilgan, Stiven Xoking esa ushbu kunda vafot etgan.