Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026 yil 13 yanvardagi 9 sonli buyrug‘i bilan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy
lavozimlarining malaka tavsiflari ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari boshliqlariga bir hafta muddatda umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarini malaka tavsiflari bilan toʻliq tanishtirilishini taʼminlash yuklatildi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari uchun ilova bilan tasdiqlanayotgan malaka tavsiflaridan ish jarayonida foydalanish va ularni amalda qoʻllash boʻyicha seminarlar tashkil etish va tushuntirish ishlarini olib borish yuklatildi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) direktorlari tomonidan xodimlarni ishga qabul qilish va ularni boshqa lavozimga oʻtkazishda mazkur malaka tavsiflariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash yuklatildi.
Malaka tavsiflariga mos kelmagan xodimlar bilan amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralarini koʻrilishini nazorat qilish vazifalar yuklatilgan.
Quyida vazir buyrug‘i va maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari malaka tavsiflari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.





