Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining asosiy lavozim malaka tavsiflari - Ta’lim / Образование

Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining asosiy lavozim malaka tavsiflari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 1 avgustdagi 238 sonli buyrug‘i bilan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari malaka tavsiflari yangidan tasdiqlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining asosiy lavozim malaka tavsiflari

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari 2-ilovaga muvofiq;



tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari 3-ilovaga muvofiq;

vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining malaka tavsiflari (keyingi o‘rinlarda malaka tavsiflari) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Quyida vazir buyrug‘i va maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari malaka tavsiflari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.