O‘qituvchilar o‘z sinflarida pullik kurs tashkil etishlari mumkinmi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar o‘z sinflarida pullik kurs tashkil etishlari mumkinmi?

Savol: Assalomu alaykum, savolim shundan iborat, men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman, hozirda ta’lim rus tilida olib borilayotgan maktabda 1-sinf o‘quvchilarini o‘qityapman. Men ota-onalarning talablariga binoan qo‘shimcha pullik kurs o‘tishim mumkinmi, qonuniy yo‘l bilan qo‘shimcha pullik kurs o‘tsam buladimi? Iltimos yuridik tomondan maslahat bersangiz.

O‘qituvchilar o‘z sinflarida pullik kurs tashkil etishlari mumkinmi?

Hukumat qarori (343-son, 22.04.2019 y) bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, pullik ta’lim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi va tegishli pedagog xodimlarga ega bo‘lgan maktablarda tashkil etiladi.



Pullik ta’lim xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Mazkur xizmatlarga o‘quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi.

Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Bitta guruhda mashg‘ulotlarda qatnashuvchilarning soni 35 nafardan oshishi mumkin emas.



Pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘ning 50 foizidan kam bo‘lmagan qismi pedagog o‘qituvchilarga beriladi.

Pullik xizmatlar uchun haq banklar orqali to‘lanadi, to‘lovni maktabda amalga oshirish taqiqlanadi.