Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi - Ta’lim / Образование

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2023-2024-oʻquv yilida Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi.

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Qur’a natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi.


Qiz bolalar:

8-bilet

1. Yengil atletika. Yugurib kelib kichik (150 gr) tennis to’pini uzoqlikka uloqtirish. (Me’yor: (metr) 28 – 23 – 18 – 13)

2. Gimnastika. Arg’amchida 1 daqiqa davomida sakrash.
(Me’yor: (marta) 120 — 100 — 90 — 80)

3. Basketbol. Basketbol savatiga belgilangan jarima to’pini 8 imkoniyatdan
tashlash. (Me’yor: (marta) 4 —3 —2 — 1)

— — — — — —
 

 

O‘g‘il bolalar

10-bilet

1. Yengil atletika. 2000 metr masofaga vaqt hisobga olingan holatda yugurish.
Me’yor: (daqiqa) 9,30 – 10,00 – 11,00 – 12,00

2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga e’tibor berish).
(Me’yor: (marta) 10 – 8 – 6 – 4)

3. Futbol: Futbol to’pini “aut”dan o’yinga kiritish (bajarish texnikasiga e’tibor berish).