Oʻqituvchilarga Direktor jamgʻarmasidan ustama toʻlash tartibi: muhim 5 savolga javob - Ta’lim / Образование

Oʻqituvchilarga Direktor jamgʻarmasidan ustama toʻlash tartibi: muhim 5 savolga javob

Maktab oʻqituvchilari, kutubxonachilar, psixologlarga Direktor jamgʻarmasidan har oylik ustama beliganadi. Ustama miqdori baholash mezonlari asosida aniqlanadi.

Oʻqituvchilarga Direktor jamgʻarmasidan ustama toʻlash tartibi: muhim 5 savolga javob

Maktab oʻqituvchilari, kutubxonachilar, psixologlarga Direktor jamgʻarmasidan har oylik ustama beliganadi. Ustama miqdori baholash mezonlari asosida aniqlanadi.


1. Direktor jamgʻarmasining asosiy vazifasi nima?

Har bir maktabda xodimlarni ragʻbatlantirish uchun Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi tashkil qilingan

Jamgʻarmaning asosiy vazifalari:

— maktablarning oʻrnak koʻrsatgan pedagog (ular umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yoʻli bilan ularni moddiy ragʻbatlantirish;

— maktab xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

— tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlganda, ushbu mablagʻlar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.



2. Jamgʻarmadan ustama toʻlashni kim hal qiladi?

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilashuchunmaxsusishchi guruhlartuziladi.

BundaMakatabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari va boʻlimlariningishchi guruhning faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.


3. Ishchi guruhga kimlar kiritiladi?

Ishchi guruh umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, direktorning buyrugʻi bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:

— Ishchi guruhi rahbari–direktor;

— Ishchi guruh aʼzolari–oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, pedagoglar orasidan hamda kuzatuv kengashi va oʻquvchilarning ota-onalaridan vakillar.

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari–Ishchi guruhning masʼul kotibi hisoblanadi.

Ishchi guruh tarkibidagi pedagoglar, kuzatuv kengashi va ota-onalar vakillari har yili oʻzgartirib borilishi shart.



4. Ustama barcha oʻqituvchilarga toʻlanadimi?

Yoʻq, har oylik ustama jami pedagog xodimlar sonining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.

Ishchi guruh har yili 1 iyulgacha har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi oʻquv yili uchun yuqori natija koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi.

Ishchi guruhning ustama haq belgilash boʻyicha majlislari bir yilda kamida bir marta hamda zaruratga koʻra oʻtkaziladi.


5. Ustama miqdori qancha?

Ustama haq olishga daʼvogar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari masʼul kotibga ariza beradi.

Har oylik ustamalar 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65–70 ball toʻplasa–10 foiz;

71–75-ball toʻplasa — 15 foiz;

76–80 ball toʻplasa–20 foiz;

81–85 ball toʻplasa–25 foiz;

86–90 ball toʻplasa–30 foiz;

91–95 ball toʻplasa–35 foiz;

96–100 ball toʻplasa–40 foiz.



Har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

Kutubxona xodimlariga toʻplangan ballari boʻyicha quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65–75 ball toʻplasa–10 foiz;

76–85-ball toʻplasa–15 foiz;

86–100 ball toʻplasa–20 foiz;


Psixolog xodimlariga toʻplangan ballari boʻyicha quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65–75 ball toʻplasa–10 foiz;

76–85-ball toʻplasa–15 foiz;

86–100 ball toʻplasa–20 foiz;

Pedagoglar oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga egaligidan qatʼiy nazar, baholash mezonlari asosida har oylik ustama belgilanadi.