Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2026-2027 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 133-sonli (10.04.2026 yil) «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 4-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etiladi.
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 2026-yilning 20-avgust kuniga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati boʻyicha qisqa muddatli onlayn oʻquv oʻquv kurslarini tashkil etiladi.
Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja 1-ilovaga muvofiq;
Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga tushuntirish xati 1a-ilovaga muvofiq;
Taʼlim rus tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja 2-ilovaga muvofiq;
Taʼlim rus tilida olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga tushuntirish xati 2a-ilovaga muvofiq;
Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan birinchi namunadagi tayanch oʻquv reja 3-ilovaga muvofiq;
Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan birinchi namunadagi tayanch oʻquv rejaga tushuntirish xati 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarga dars soatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh-, 28- va 124/1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.





