Musiqa va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi - Ta’lim / Образование

Musiqa va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi

Muhokamalar portaliga hukumatning “Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi

Unga ko’ra, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.



Milliy baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari;

ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihon.



Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini aniqlash uchun tuziladigan test savollari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan, amaliy (ijodiy) imtihon materiallari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.