Diqqat: Google Playda eMaktab ilovasining norasmiy nusxalari topildi - Ta’lim / Образование

Diqqat: Google Playda eMaktab ilovasining norasmiy nusxalari topildi

Google Playda eMaktab ilovasining Kundalik com, Kundalik o‘quvchi, Kundalik oʻqituvchi va Kundalik ilovasi nomli norasmiy nusxalari topildi.

kundalik.com-yoriqnoma

Ushbu potensial xavfli ilovalarni Dev.Soft nomli ishlab chiqaruvchi yaratgan. ⚠️Bunday soxta dasturlarni o‘rnatish xavfli!

eMaktab bunday ilovalarning ishlashi va xavfsizligi uchun javobgar emas.



Foydalanuvchilar quyidagilardan shikoyat qilishgan:

• pul mablag‘larining o‘g‘irlanishi;

• yosh chegarasiga mos kelmaydigan reklamalarning ko‘rsatilishi.


Shubhali ilovalarni o‘rnatishdagi xatarlar:

— shaxsiy ma’lumotlarning (bank kartalari, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar) tarqalishi;

— SMS, kamera va qurilmaning boshqa funksiyalariga uzluksiz ruxsat so‘rashi;

— mablag‘larni o‘g‘irlash va nomingizga kreditlar rasmiylashtirish;

— qurilmadan spam va zararli havolalarni tarqatish uchun foydalanish.



Shubhali ilova o‘rnatgan bo‘lsangiz, quyidagilarni bajaring:

— Uni zudlik bilan qurilmadan o‘chirib tashlang.

— Ruxsatlarni tekshiring: SMS, qo‘ng‘iroqlar, kameraga ehtiyojsiz kirish — xavf belgisi.

— Bank ko‘chirmalarini tekshiring va shubhali operatsiyalar bo‘lsa, kartani bloklang.

— Elektron pochta, messenjerlar, onlayn-bankingdagi parollaringizni o‘zgartiring.

— Google Play’da “Shikoyat qilish” tugmasi orqali shubhali ilova haqida xabar bering.


Faqat rasmiy ilovalarni yuklab oling:

Diqqat: rasmiy ilovalar quyidagicha nomlanadi: eMaktab.Oila, eMaktab.Jurnal, eMaktab.Treker. Ilovalarni o‘rnatishda, garchi ular Google Play’da joylashtirilgan bo‘lsa ham, ehtiyotkorlik bilan ish koʻring va hushyor bo‘ling!