Choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi - Ta’lim / Образование

Choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-oktabrdagi tegishli buyrugʻi bilan joriy oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan.

Choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi



Unga koʻra:

23-30-oktyabr kunlari — onlayn (kompyuterda) shaklda;

1-noyabr kuni — anʼanaviy (qogʻozda) shaklda tashkil etiladi.



Mazkur oʻquv choragida markazlashgan CHSB fanlari quyidagicha tarzda oʻtkazilishi belgilangan:

5-6-sinflar — Matematika, Ona tili fanlari;

7-sinf — Oʻzbekiston tarixi, Biologiya fanlari;

8-sinf — Algebra, Fizika fanlari;

9-sinf — Algebra, Ona tili fanlari;

10-sinf — Algebra, Kimyo fanlari;

11-sinf — Algebra, Ingliz tili fanlari.