Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi - Ta’lim / Образование

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi

Test sinovlari quyidagi tillardan o‘tkaziladi:
🇬🇧 Ingliz tili;
🇩🇪 Nemis tili;
🇫🇷 Fransuz tili;
🇹🇷 Turk tili;
🇸🇦 Arab tili.



Test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi.

Test sinovlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz.