Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil sentyabr oyida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi.
Test sinovlari quyidagi tillardan o‘tkaziladi:
🇬🇧 Ingliz tili;
🇩🇪 Nemis tili;
🇫🇷 Fransuz tili;
🇹🇷 Turk tili;
🇸🇦 Arab tili.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 29-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 30-avgust hisoblanadi.
Test sinovlari 2026-yil 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhim: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi.
📎 Eslatma: nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi.





