Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 14-sentabrdagi 343-son buyrug‘i bilan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
Usbu tanlovda kimlar qatnashadi?
Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 6–10-sinf o‘quvchilari. Tanlov ikki toifada o‘tkaziladi:
— 6–7–8-sinflar;
— 9–10-sinflar.
Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi:
— I bosqichi — 2026-yil oktabr
— II bosqich — 2026-yil noyabr
— III bosqichi — 2026-yil dekabr
Ro‘yxatdan o‘tish:
✅ 6-8-sinf uchun havola
✅ 9-10-sinf uchun havola
Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
“Jadidlar izidan” respublika tanlovini tashkil etish
va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
14.09.2026-yildagi 343–son buyrugʻiga 3-ILOVA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida “Jadidlarizidan”Respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda – Tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Respublikamizdagi davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 6-10-sinflarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar, Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
3. Tanlovning hududiy va Respublika bosqichlari oʻtkazilishi vaqtiga qarab ishtirokchilarning sinfi ham oʻsib boradi.
4. Mazkur tanlov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkaziladigan “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari uchun tatbiq etilmaydi.
5. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun Respublika “Kelajak” markazi masʼul hisoblanadi.





