Bilimni baholash agentligi ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan muddatda boshlanmasligini ma’lum qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, hozirda mazkur fanlardan oktabr oyida o‘tkazilgan imtihon natijalarini hisoblash va tahlil qilish ishlari davom etmoqda.
Shu sababli navbatdagi imtihonlarda ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish avvalgi imtihon natijalari e’lon qilinganidan keyin boshlanadi.
Imtihon natijalari e’lon qilinadigan sana hamda navbatdagi imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati bo‘yicha agentlik kun davomida qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, umumiy jadvalda ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha arizalar 20-noyabrdan 4-dekabrgacha qabul qilinishi belgilangan edi.




